Sport | 18:36 / 11.05.2018
11067
2 daqiqa o‘qiladi

Superliganing dastlabki 10 turiga tashrif buyurgan muxlislar soni sarhisob qilindi

Foto: FC Bunyodkor

O‘zbekiston Superligasi start olganidan buyon, stadionlarga jami 737 954 tomoshabin tashrif buyurdi, deb yozadi Sports.uz.

Ularning orasida 10-tur eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan - 88 564 muxlis.

Eng ko‘p muxlis kelgan o‘yin 3-tur doirasidagi «Navbahor» – «Lokomotiv» bahsi bo‘lib, unga 25 300 tomoshabin kirgan.

Eng kam muxlis 5-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Qo‘qon-1912» o‘yiniga kelgan - 3 123.

O‘z maydonidagi o‘yinlarda muxlis to‘plash borasida «Bunyodkor» yetakchilik qilmoqda. «Qaldirg‘ochlar»ning uy uchrashuvlarini tomosha qilish uchun jami 103 236 ishqiboz tashrif buyurgan. Ikkinchi o‘rinda «Buxoro» bormoqda. Ulug‘bek Boqoyev jamoasining o‘yinlariga roppa-rosa 99 ming muxlis kirgan. «Paxtakor» stadioni esa bu borada kuchli uchlikni yopib turibdi. «Sherlar»ning o‘yinlarini tomosha qilish uchun jami 84552 muxlis kelgan. 

Stadionga kirgan muxlislarning o‘rtacha soni bo‘yicha «Navbahor» yetakchilik qilyapti - 19 760 muxlis. Bu borada «Bunyodkor» ikkinchi, «Buxoro» esa uchinchi o‘rinda turibdi, deb yakunlaydi Sports.uz.  

Avvalroq, «Neftchi» klubi to‘p suradigan «Istiqlol» stadionida muxlislar soni sun'iy ravishda oshirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid