Jahon | 00:59 / 13.05.2018
10020
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda yangi hukumat shakllantirildi 

Foto: ONN media

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan yangi hukumat tarkibidagi barcha vazirlarni tayinladi.

12 may kuni prezident farmonlari bilan bosh vaziri o‘rinbosari etib Mger Grigoryan, mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri etib Mane Tandilyan, moliya vaziri etib Atom Janjugazyan, adliya vaziri etib Artak Zeynalyan, sog‘liqni saqlash vaziri etib Arsen Torosyan, qishloq xo‘jaligi vaziri etib Artur Xachatryan, iqtisodiy rivojlanish va investitsiyalar vaziri etib Artsvik Minasyan, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha vazir etib Levon Vagradyan, favqulodda vaziyatlar vaziri etib Grachya Rostomyan tayinlandi.

Shuningdek, Artur Grigoryan enegretik infratuzilmalar va tabiiy resurlar vaziri, Lilit Makunts madaniyat vaziri, Erik Grigoryan tabiatni muhofaza qilish vaziri, Ashot Akopyan transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri etib tayinlandi. 

Mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimini Armanistonning BMTdagi sobiq doimiy vakili Zograb Mnatsakanyan egallagan.

 

Mavzuga oid