Jahon | 10:39 / 16.05.2018
10072
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda MRB ma'lumotlari sizib chiqishida aybdor bo‘lgan shaxs topildi

Foto: REUTERS / Larry Downing/File Photo

AQSh hukumati Markaziy razvedka boshqarmasidan (MRB) 2017 yilda ma'lumot sizib chiqishiga aloqador bo‘lgan shaxsni aniqladi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, MRB sobiq xodimi Joshua Adam Shulte ma'lumotni WikiLeaks’ga berib turgan.

Ayni damda u Manxettendagi qamoqxonada boshqarma ma'lumotlarining sizib chiqishiga aloqador bo‘lmagan ayblovlar bo‘yicha saqlanmoqda.

2017 yilda MRB FQB yordamida keng ko‘lamli ma'lumot sizib chiqishini surishtiruvdan o‘tkazish doirasida WikiLeaks’ga axborot yetkazib turuvchi shaxsga «ov e'lon qildi». Ta'kidlanishicha, maxfiylik maqomi berilgan materiallardan yuzlab odamlar foydalangan. Tergov barcha ehtimoliy gumonlanuvchilarni tekshiruvdan o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy foydasiga josuslikda gumonlanayotgan MRB agenti maxfiy ma'lumotlarni saqlashda ayblangandi. 

Mavzuga oid