Jahon | 01:22 / 24.05.2018
21856
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston tashqi ishlar vazirining ruscha familiyasi o‘zgardi

Foto: Tojikiston TIV

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov o‘zining «ruscha» familiyasini tojikchasiga almashtirdi, deb yozmoqda news.tj.

Sirojiddin Aslov familiyasini o‘zgartirish jarayonini o‘tgan yildayoq boshlagan edi, biroq xalqaro tadbirlarda doimiy bandligi tufayli familiyasining Muhriddinga almashtirilishi bugunga kelib sodir bo‘ldi, degan «Aziya plyus»ga Tojikiston tashqi ishlar vazirligidagi manba.

Bugun Tojikiston Respublikasi TIV saytida vazir «Sozandagoni Vatan» yoshlar ijtimoiy tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar chiqdi. Bu axborotda Sirojiddin Aslov Sirojiddin Muhriddin deb yozilgan.

Tojikistonda ruscha usulda yozilgan familiyalardan qutilish jarayoni 2007 yilda mamlakat prezidenti Imomali Rahmonov o‘z familiyasini Rahmon deb o‘zgartirganidan so‘ng boshlangan va davlat rahbariga respublikada juda ko‘pchilik taassub qila boshlagan. Biroq, oradan biroz vaqt o‘tib, ular Rossiyadan qaytib, o‘zlarining eski, «ruscha» familiyalariga qayta boshlashgan. Ularning fikricha, ruscha usulda yozilgan familiya bilan Rossiyada ishlash va yashash osonroq.

Mavzuga oid