Jamiyat | 18:50 / 03.06.2018
17041
2 daqiqa o‘qiladi

Spirtli ichimlik ta'sirida qilingan qotillik

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 16 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudida sudya D.Atamurodov boshchiligida sudlanuvchi Z.Ergashevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi. Sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlikda ayblandi. 

Sudlanuvchi Z.Ergashev tanishi A.Yarkulov bilan spirtli ichimlik ichgan. Rossiya Federatsiyasi hududida birga ishlagan vaqtlarini eslagan. Sudlanuvchi Z.Ergashev o‘sha vaqtda A.Yarkulov tomonidan adolatsizlikka uchrab, begona joyda yolg‘iz qoldirib ketganligini aytib janjal ko‘targan. Marhumni qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan. Mast holda shu yerning o‘zida uni oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgan. 

Sud sudlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitib, taraflarning muzokara nutqlarini, sudlanuvchining himoya va oxirgi so‘zlarini tinglab, jinoyat ishi materiallari bilan tanishib, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama to‘la va xolisona tekshirib chiqdi.

Z.Ergashev sud yakuni bo‘yicha aybdor deb topildi. Sudlanuvchi 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jabrlanuvchi oilasiga sudlanuvchi hisobidan 21 million 600 ming so‘m miqdorida moddiy va ma'naviy zarar undiriladigan bo‘ldi.

Hukmdan norozi taraflarga tegishli muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish huquqi mavjudligi tushuntirildi.

Mavzuga oid