Jahon | 07:25 / 24.06.2018
8338
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning bosh kotibi oila a'zolari bilan restorandan haydab chiqarildi

AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Sara Sandersga Leksington shahridagi restoranlardan birida xizmat ko‘rsatishdan bosh tortildi. Bunda Sandersning Trampga ishlashi ro‘kach qilingan.  

“Kecha kechqurun Leksingtondagi Red Hen restorani egasi AQSh prezidentiga ishlashim sababli restorandan ketishimni so‘radi. Uning bu harakatlari meni kimligimdan ko‘ra uning qanday odamligidan darak beradi”, deb yozgan Sanders tvitterda.

Sandersga xizmat ko‘rsatgan ofitsiantning aytishicha, u 2 daqiqacha xizmat ko‘rsatar-ko‘rsatmas, restoran egasi Sandersni va uning oilasi 7 nafar a'zosini restorandan chiqarib yuborgan. 

Mavzuga oid