Sport | 11:00 / 16.07.2018
9601
2 daqiqa o‘qiladi

Sampaoli rasman iste'foga chiqarildi

© Yegor Aleyev/TASS

Argentina futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Xorxe Sampaolini iste'foga chiqardi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bergan.

Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy hamda videotahlilchi Matias Manna bilan ham hamkorlik to‘xtatilgan.

Bundan avvalro Argentinadagi nashrlar Sampaoli bilan shartnoma muddatidan avval to‘xtatilishi tufayli mutaxassisga 8 million dollar miqdorida tovon puli to‘lanishi kerakligi haqida xabar tarqatgandi. Keyinroq tomonlar 2 million dollarlik tovon puli bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilindi.

Sampaoli Argentina termasini 2017 yilning iyunida qabul qilib olgandi va 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. U bu lavozimda 2017 yil aprelida JCh-2018 saralash bosqichida Boliviyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) keyin iste'foga chiqarilgandi. Sampaoli Argentina bilan saralash turnirida oxirgi turdagi g‘alaba evaziga uchinchi o‘rinni oldi va mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

JCh-2018 turnirida Argentina terma jamoasi guruh bosqichida D guruhida islandlar bilan durang o‘ynadi (1:1), xorvatlarga mag‘lub bo‘ldi (0:3) va Nigeriyani yengib (2:1), ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Nimchorak finalda esa Argentina bo‘lajak chempion Fransiyaga yutqazdi - 3:4.

Sampaoli 2012-2016 yillarda Chili terma jamoasini boshqargan. U chililiklar bilan 2015 yili Amerika Kubogida g‘olib chiqqan, o‘shanda finalda Chili Argentinani penaltilar seriyasida yenggandi. 2016 yilning iyunida Sampaoli «Sevilya» klubiga bosh murabbiy bo‘lgandi, ammo terma jamoadan taklif tushganidan keyin shartnomani bekor qildi.

Mavzuga oid