Jamiyat | 15:20 / 19.07.2018
105398
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida poyezd yo‘lidan chiqqan o‘smirni ikkiga bo‘lib yubordi

18 iyul kuni soat 07:25larda Andijon viloyatining Izboskan tumani hududidan o‘tuvchi «Poytug‘» – «Andijon 2» temir yo‘li oralig‘ida Izboskan tuman Ittifoq mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan Muhammadqodir Fozilov baxtsiz hodisa oqibatida nobud bo‘ldi.

KUN.UZ sayti manbasining xabar berishicha, poyezd ostida qolib vafot etgan o‘smir o‘tish joyidan qulog‘ida quloqchin (naushnik) bilan harakatlanib, kelayotgan poyezd ovozini eshitmagan va oqibatda mazkur mudhish voqea sodir bo‘lgan. 

Mavzuga oid