O‘zbekiston | 11:22 / 30.07.2018
18049
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent bo‘yicha yangi loyiha: poytaxtda 12ta darvoza qurilishi mumkin

Foto: LiveJournal

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining shaharni rejalashtirish, dizayn va arxitektura bo‘yicha qo‘mitasi shaharni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining ish rejasi va bir necha taqdimotlarini ko‘rsatdi.

Ekspertlar «Toshkentning 12 darvozasi» loyihasini amalga oshirishni taklif qildilar. U «bu yo‘llar olib boruvchi o‘sha sivilizatsiyalar uslubida» darvozalar qurishni nazarda tutadi. «Shu tariqa, Toshkent ipak yo‘lining yuragiga aylanadi», - deya ta'kidlashgan Jamoatchilik kengashidan.

Ekologik transportni rivojlantirish uchun metro foydalanuvchilari va velosipedchilarning birgalikdagi dasturini joriy etish taklif etilai. Buning uchun har bir metro bekati yonida qo‘shma to‘lov tizimiga ega pulli velosipedlar turargohini barpo etish talab qilinadi.

«Shahar yashil landshafti» ekologik loyihasi vertikal ko‘kalamzorlashtirish, katta foydalanish muddatiga ega zamonaviy materiallardan foydalanishni nazarda tutadi. Art-obektlarni ishlab chiqishga mahalliy rassom va dizaynerlarni jalb qilish taklif etildi.

Mavzuga oid