Jahon | 11:59 / 01.08.2018
7108
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Xitoy armiyasida pullik xizmatlarni yo‘q qilishga chaqirdi

Foto: The Redd Act

XXR raisi Si Tszinpinning Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosining yig‘ilishida ma'lum qilishicha, XXR Xalq-ozodlik armiyasi pullik xizmatlar ko‘rsatishdan bosh tortishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishni butunlay to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Xitoy Kommunistik partiyasi va Markaziy harbiy kengash tomonidan birgalikda qabul qilindi, u barcha e'tibor harbiy kuchni mustahkamlashga va Xitoy armiyasining jangovar salohiyatiga qaratishga yo‘naltirilgan», - dedi Xitoy Xalq Respublikasi raisi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, pullik xizmatlar ko‘rsatishdan voz kechish yangi davrda kuchli armiyani qurish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, Si Tszinpinning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida armiyada pullik xizmatlarni yo‘qotish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Mavzuga oid