O‘zbekiston | 13:50 / 03.08.2018
51182
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat test markazida Call-center tashkil etildi 

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida Call-center tashkil etildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.

Qayd etilishicha, qabul jarayonlari, test sinovlari va Davlat test markazi faoliyati bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha 1195 qisqa raqamiga bo‘layotgan murojaatlarga javob berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 12 nafar mas'ul xodimlar biriktirilgan. Doimiy ishlaydigan 6ta telefon liniyalar tarmoqqa ulandi.

Murojaatlarni qabul qilish vaqti har kuni 08:30 dan 18:30 gacha etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2 avgust kuni necha nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid