Falastin rahbari Isroilni Al-Aqso masjidini ochishga chaqirdi
Falastin rahbari Mahmud Abbos shoshilinch yig‘ilishda Isroilning musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan, Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidiga nisbatan harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Falastinning VAFA agentligi xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Abbos Isroil hukumati masjiddan ibodat qilayotganlarni haydatib chiqarib, uni yopib qo‘ygandan keyin 17 avgust, juma kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan.
“Biz buni nomaqbul deb hisoblaymiz va Isroil hukumati zimmasiga bunday choralar davom etayotgani uchun javobgarlikni yuklaymiz. Isroil vaziyat nazorat qilib bo‘lmaydigan darajagacha yomonlashishi oldini olish uchun Al-Aqso masjidini ochishi lozim”, deb aytgan Abbos.
Falastin rahbariyati diniy va tarixiy vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday chora vaziyatning yanada yomonlashishigagina olib kelishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
00:02
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024