11:04 / 05.09.2018
6772

Makkeynning AQSh senatidagi o‘rnini kim egallashi ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

AQSh senatidagi Jon Makkeynning o‘rnini Arizonadan sobiq respublikachi senator Jon Kayl egallaydi. Bu haqda The Arizona Republic xabar bermoqda.

Tayinlov haqida Arizona gubernatori Dag Dyusi xabar beradi, shuningdek, u Makkeynning rafiqasi Sindi va Qo‘shma Shtatlar siyosiy arboblariga yangi nomzod haqida ma'lum qiladi.

Ta'kidlanishicha, Kayl 2019 yil oxirigacha ishlashga rozi bo‘lgan. Agar u sessiya tugaguniga qadar lavozimini tark etishga qaror qilsa, gubernator unga boshqa o‘rinbosar topishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makkeynning vidolashuv maktubi e'lon qilingandi

Mavzuga oid
Top