Senator Jon Makkeynning sobiq maslahatçisi va dösti Rik Devis amerikalik siyosatçining xalqqa vidolaşuv maktubini e'lon qildi. Maktubning töla matni NBC News tomonidan keltirilgan.
«Biz özida nafrat, haqorat va yer şarining barça burçaklarida zöravonlikka ega bölgan ibtidoiy raqobatni vatanparvarlik bilan çalkaştirib, öz buyukligimizni yöqotmoqdamiz. Biz devorlar orqasida yaşirinib, uni kuçsizlantirmoqdamiz. Aksinça, ularni yöq qiliş kerak. Bunda özimizning ideallarimiz kuçiga şubha qilişimiz va u har doim bölib kelgan özgarişlar buyuk kuçi bölişiga işonmasligimiz sababdir», - deyiladi maktubda.
Senator amerikaliklarni mamlakat oldida turgan qiyinçiliklar tufayli umidsizlikka tuşmaslikka va Qöşma Ştatlarning buyuk kelajagiga işonişga çaqirdi. Makkeynning öz maktubida ta'kidlaşiça, qilgan xatolaridan afsusda, biroq, mamlakatga bölgan muhabbati ulardan ustun kelişiga umid qiladi.
Siyosatçining qöşimça qilişiça, hayotining bir kunini ham boşqa birov hayotining eng yaxşi kuniga almaştirmaydi. «Amerikaliklar heç qaçon tark etmaydi. Biz heç qaçon taslim bölmaymiz, tarixdan yaşirinmaymiz. Biz tarixni yaratmoqdamiz. Alvido, amerikaliklar, Yaratganning özi sizlarni va Amerikani asrasin», - deyiladi maktubda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makkeyn Buş va Obamaga öz dafn marosimi böyiça iltimos bilan çiqqani ma'lum bölgandi.












