O‘zbekiston | 12:15 / 13.09.2018
7563
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Belarusga taklif etdi 

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko avval tor doirada muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Muzokarada O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashilar ekan, bugungi kundagi dolzarb masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyasi mos kelishi tasdiqlandi. Davlat rahbarlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Belarusga tashrif bilan borishga taklif etdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid