Istanbulda yangi aeroport quruvchilariga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llandi
Turk politsiyasi Istanbulda yangi aeroport qurilishida mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning norozilik aksiyasi ishtirokchilariga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va suvotgichlar qo‘lladi.
Ma'lum qilinishicha, bir necha yuz quruvchi og‘ir mehnat sharoitlariga qarshi ish tashlash e'lon qilgan va aeroport qurilishi rahbariyati binosi yonida norozilik aksiyasini uyushtirishgan. Voqea joyiga kelgan politsiyachilar aksiya ishtirokchilarini tarqatishga tushgan. Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlar bor.
Oktyabr oxirida ochilishi rejalashtirilayotgan yangi aeroport Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan uchta megaloyihadan biridir. Bu tashabbuslarga ko‘ra, 2016 yilda Bosfor bo‘g‘ozi orqali uchinchi ko‘prik ochilgan, joriy yilda esa Bosforga parallel o‘tuvchi “Istanbul” kanali qurilishi boshlanishi kutilmoqda.
Istanbuldagi yangi aeroport dunyodagi eng katta aeroportlardan biri bo‘ladi. Uning maydoni 80 mln kvadrat metrni tashkil qiladi. Aeroport to‘liq ishlaganda 225 ming kishini ish bilan ta'minlaydi va bir vaqtda 114 ta samolyot qabul qila oladi. Aeroportdan hammasi bo‘lib 350 ta yo‘nalish bo‘yicha reyslar amalga oshiriladi.
Aeroport qurilishiga investitsiyalar 10,2 mlrd dollarni tashkil qilgan va u ekspluatatsiya qilinishining ilk 25 yilida 22,2 mlrd dollar foyda keltirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 20.12.2024
Amazonʼda kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash boshlandi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024