Sport | 22:10 / 14.09.2018
3352
1 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Navbahor» va «Paxtakor» o‘yini gollarga boy durang bilan yakunlandi

Superligada 23-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

Birinchi bo‘limda ustunlik «Navbahor» tomonda bo‘ldi. 40-daqiqada Ayubxon Nomanov gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi bo‘limda tashabbus «Paxtakor» tomonga o‘tdi. Ular ikki marta hisobda oldinga o‘tib oldilar. Biroq, so‘nggi daqiqalarda «Navbahor» gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Navbahor» 20 ochko bilan 2-o‘rinda, «Paxtakor» esa 18 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 23-tur
14 sentabr, Namangan
Navbahor (Namangan) – Paxtakor (Toshkent) - 3:3
Gollar: Ayubxon Nomanov (40), Azizbek Turg‘unboyev (76), Igor Golban (90) - Dragan Cheran (48), Ismoil Gonsalvesh (72), Farrux Sayfiyev (80)

Mavzuga oid