O‘zbekiston | 08:59 / 18.09.2018
12320
1 daqiqa o‘qiladi

Uchquduqda sun'iy ko‘l barpo etilmoqda

Illyustrativ foto

Mamlakat rahbarining joriy yil mart oyidagi Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Uchquduq tumani aholisi uchun ommaviy dam olish maskani qurish vazifasi belgilangan edi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Uchquduq shahri hududida sun'iy ko‘l majmuasini barpo etish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadigan, loyiha qiymati 13 milliard so‘mlik dam olish maskani barpo qilinadi. Dam olish maskanining sun'iy ko‘lida katamaran va qayiqlarda sayr qilish bilan birga turli suv sporti marafonlarini o‘tkazish ham mumkin bo‘ladi. Ko‘l sohilidagi istirohat bog‘ida esa musiqali favvora, ovqatlanish shoxobchalari, voleybol o‘yingohi, tennis maydonchasi bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid