O‘zbekiston | 15:34 / 20.09.2018
3138
1 daqiqa o‘qiladi

IHT bosh kotibi O‘zbekiston TIVga bordi

2018 yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Hadi Suleymanpur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

H.Suleymanpur Toshkent shahriga 20 sentabrda o‘z ishini boshlagan «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsion va transport-kommunikatsiya sohalarida mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash doirasida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mavzuga oid