Jahon | 11:27 / 21.09.2018
6498
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh xalqaro tashkilotlarga nega ehtiyotkor munosabatda bo‘layotgani tushuntirildi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma'muriyati birinchi navbatda mamlakat aholisi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘rishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz xalqaro tashkilotlarga Qo‘shma Shtatlarga ular o‘zimizdan istayotgan narsani bajarish haqida buyruq berishlariga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya aytib o‘tdi Xeyli.
Doimiy vakilning aniqlik kiritishicha, Tramp AQSh Parij kelishuvchi hamda Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish haqida e'lon qilganida, aynan shu kabi prinsiplardan kelib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xalqaro jinoiy sudga tahdid qilgandi.