«Xalaqit bermanglar!» - Gruziya bosh vaziri Rossiyaga murojaat bilan chiqdi
BMT Bosh assambleyasida qilgan chiqishida Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadze Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisiga murojaat yo‘lladi. Uning ma'lum qilishicha, mamlakati kelajagi - respublikalar bilan birga. Bu haqda RIA «Novosti» bosh vazir matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Baxtadzening ma'lum qilishicha, Gruziya tomoni mintaqalar mustaqilligi bo‘yicha bahsni «suverenitet, hududiy yaxlitlik, inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro huquq tamoyillariga hurmat prinsiplari asosida» hal qilmoqchi.
«Bugun men shu minbardan turib Abxaziya va Osetiyadagi vatandoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. Gruziyaning har bir yutug‘i - sizning yutug‘ingiz... Biz kelajagimizni faqat sizlar bilan birga ko‘ryapmiz», - dedi Baxtadze.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisi Gruziya fuqarolarida bor bo‘lgan barcha eng yaxshi narsalardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak - ta'lim, tibbiyot, Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejim.
«Men yana bir marta Rossiyaga murojaat qilmoqchiman - bizning tinch tashabbuslarimizga to‘sqinlik qilmang va xalaqit bermang», - deya ma'lum qildi Baxtadze.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Osetiya rahbari Gruziya bilan muloqot uchun shartini aytgandi.
Mavzuga oid
15:20 / 23.12.2024
Abxaziya «ma’muriyati»: RF elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
20:28 / 11.12.2024
Abxaziyada energetik inqiroz: Ingur GESi to‘xtab qoldi
18:09 / 03.12.2024