O‘zbekiston | 15:23 / 03.10.2018
23689
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan’ning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olindi

Foto: GM Uzbekistan

«O‘zavtosanoat» AJ GM Uzbekistan’ning Xorazm viloyati Pitnak shahrida joylashgan filialida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida tizimli ravishda jiddiy kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘ygan filialning bir qator xodimlari o‘z lavozimidan ozod etilganligini ma'lum qildi.

Shuningdek ayrim xodimlar yangi lavozimlarga o‘tkazildi, boshqalari esa bo‘sh ish o‘rinlariga tayinlandi. Muhim lavozimlarga esa oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni sidqidildan, sifatli va yuqori standartlar darajasida bajara oladigan kompaniyaning mas'uliyatli, intiluvchan xodimlari tayinlandi.

Yangi tayinlovlar:

- Nazarov Dilshodbek Saparbayevich - Xarid va mahalliylashtirish bo‘limi xarid seksiyasi boshlig‘i;
- Xusainbekov O‘tkirbek Rajabboyevich - transport xizmat ko‘rsatish seksiyasi boshlig‘i;
- Qurbonboyev Rasulbek Azatovich - Markaziy yuklash maydoni menejyeri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan zavodida deyarli butun rahbariyat ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid