«Özavtosanoat» AJ raisining Asakadagi GM Uzbekistan zavodiga amaliy taşrifi davomida jiddiy xatolar va işlab çiqarişdagi qator xodimlarning işida kamçiliklar aniqlandi, ular öz lavozimlarini uzoq vaqt davomida egallagan hamda faoliyati köp yillar davomida işlab çiqarişda turğunlik va zararga sabab bölgan.
«Bu işçilar böşatildi, ularning örniga yoş va aniq maqsadli mutaxassislar tayinlandi, ular mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirişning yangi konsepsiyasini qöllab-quvvatlaydi, şuningdek, özlaridan oldin işlaganlarning xatolari ustida tegişli işlarni amalga oşiradi», - deya xabar berişgan «Özavtosanoat» matbuot xizmatidan.
Yangi tayinlovlar:
1. Azimov Alişer Mirabbosoviç - boş direktorning umumiy masalalar böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçisi;
2. Töxtaboyev Akramjon Hoşimjonoviç - işlab çiqariş böyiça boşqaruvçi direktor vazifasini bajaruvçi;
3. Akbarov Kozimjon Komiljonoviç - kommunal xizmat körsatiş va kapital quriliş direksiyasi direktori vazifasini bajaruvçi;
4. Abdurahmonov Dilşodbek Avazoviç - muhandislik mahsulotlari va ta'minotçilar sifati direksiyasi direktori vazifasini bajaruvçi;
5. Töraqulov Elyor Baxtiyoroviç - global xaridlar böyiça boşqarma direktori vazifasini bajaruvçi;
6. Mamadaliyev Alişer Murodiloviç - muhandislik mahsulotlari va ta'minotçilar sifati direksiyasi direktori örinbosari vazifasini bajaruvçi;
7. Mamajonov Anvarjon Mamajonoviç - transport taşuvlari bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi;
8. Murodov Akmal Boyqobiloviç - işlar boşqaruvçisi vazifasini bajaruvçi;
9. Şonazarov Şavkat Şuhratoviç - presslaş sexi boşliği vazifasini bajaruvçi;
10. Musayev Abdurahim Pataxoviç - boş direktorning maslahatçisi - markaziy yuklaş maydonçasi rahbari vazifasini bajaruvçi.
2016 yilda zavodga rahbarlik qila boşlagan Rustam Rajabov hamon direktor vazifasini bajaruvçi bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özavtosanoat»: GM Uzbekistan avtomobillariga tuzilgan 10 181ta ariza bekor qilingani haqida xabar bergandi.












