Rossiya AQSh bilan viza urushini to‘xtatishga tayyor
Rossiya o‘zaro tenglik asosida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan viza urushini to‘xtatishga tayyor, Moskva bundan manfaatdor emas. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ma'lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
«Biz ushbu viza urushini o‘zaro muvofiqlik asosida to‘xtatishga tayyormiz. Biz shu tarzda javob berishimiz kerak bo‘lgan vaziyatda turibmiz. Lekin bu samarasiz. Bizga bu kerak emas», - dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda Rossiyaning Yevropadagi ta'sirini «sindirish» yo‘li topilgandi.
Amerikalik senatorlar Ron Jonson va Kris Merfi Vashingtonga Yevropada Rossiya ta'sirini «sindirishga» yordam beradigan qonun loyihasini taqdim etdilar. Ushbu tashabbusga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Yevropa energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun milliard dollar ajratadi.
Mavzuga oid
17:56
Los-Anjyelesdagi yirik yong‘inlarga sabab bo‘lgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi
17:20
Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar kamaygani qayd etildi
07:50
«Ekozashchita!» asoschisi Rossiyadan Germaniyaga uran importini tanqid qildi
21:57 / 09.01.2025