O‘zbekiston | 21:42 / 15.10.2018
13604
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Xalq banki

Farhod Islomovich Salomov Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 13 oktabrdagi qarorida e'lon qilindi.

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg‘arma kassalar 1875 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995 yil 4 oktabrdagi qaroriga asosan «O‘zjamg‘armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etilgan.

2015 yil 24 aprelda bank nomi “Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o‘zgartirilgan.

Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o‘z vaqtida ta'minlashdan iborat. 

Mavzuga oid