O‘zbekiston | 17:23 / 30.10.2018
39604
3 daqiqa o‘qiladi

31 oktabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20, 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid