Sport | 16:36 / 30.10.2018
6444
4 daqiqa o‘qiladi

Beeline kelajak chempionlari uchun birinchi olimpiya suv havzasini sovg‘a qildi

Foto: Yuriy Korsuntsev

- Mazkur ijtimoiy loyiha uchun biz tashvishlanganmiz, unga ishqiboz bo‘lganmiz, 100% darajada bor imkoniyatlarimizni ishga solganmiz – dedi ochilish marosimida Beeline Uzbekistan bosh direktori Dmitriy Shukov.

Bugungi kunda tantanali muhitda Beeline Uzbekistan rahbariyati Respublika Olimpiya zaxiralari kollejiga olimpiya standartidagi birinchi suv havzasini taqdim etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Beeline rahbariyati va ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokida tashkil etilgan tadbirning unutilmas ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan yili kompaniya qurilish boshlangani haqida e'lon qilgan edi va bugun esa Beeline Uzbekistan jamoasi VEON xalqaro kompaniyalar guruhi nomidan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji uchun yangi sport majmuasini ishga tushirdi.

- Biz ushbu obektga nafaqat mablag‘ va resurslarni, balki, avvalambor, kelajakdagi chempionlar va yangi g‘alabalarga bo‘lgan ishonchimizni sarmoya qildik, butun jamoamiz 100 foizga loyiha uchun o‘z imkoniyatlarini ishga soldi. Ko‘pchilik:”Nima uchun aynan suv havzasi, nima uchun bolalar sporti?”, deb so‘raydi. Aslida, bu biz uchun noyob voqeadir, chunki ham VEON rahbariyati, ham bizning kompaniya O‘zbekistondagi Olimpiya sportini qo‘llab-quvvatlashni bir ovozdan qabul qildi. Bu bizning ijtimoiy mas'uliyatimiz, yoshlarga, kelajakdagi sportchilar va mamlakat istiqboli uchun bo‘lgan sarmoyamizdir. Biz bugun guvoh bo‘lgan tadbir yangi imkoniyatlarni yaratishiga va kimningdir orzusi va g‘alabalari amalga oshishiga ishonamiz!

Quruvchi-kompaniyaning fikriga ko‘ra, sport majmuasi Olimpiya standartlariga mos ravishda sportchilarni tayyorlashning barcha talablariga javob beradigan uzunligi 50 metr va kengligi 25 metr bo‘lgan noyob bino hisoblanadi. Binoda o‘quv uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud.Suv havzasida faqatgina suv konstruksiyasi mavjud bo‘libgina qolmay, u yerda ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan o‘quv sinflari ham mavjud.

Aynan ushbu obekt uchun O‘zbekistonga Ispaniya va Daniyaning zamonaviy uskunalari keltirildi.

Start tumbalari, chiziqlar, bayroqchalar, zinapoyalar, havzaning pastki va chetki devorlarining belgilari Xalqaro FINA Federatsiyasining eng zamonaviy talablariga javob beradi. Havza xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlandi - interaktiv jadval, yoritish uskunalari o‘rnatildi, finish uchun maxsus panellar yetkazib berildi.

Bu esa, Olimpiyachilarni musobaqalar sharoiti bilan bir xil bo‘lgan sharoitda o‘qitishga imkon beradi. Havzaning xavfsizlik va tozalash tizimiga ustuvorlik berilgan. Bugungi kunda bu mamlakatdagi eng kuchli texnika va «aqlli» suvni tahlil qilish tizimi o‘rnatilgan yagona olimpiya kompleksidir. Maxsus tizim tozalovchi reagentlarni mustaqil ravishda taqsimlaydi, shuningdek, ularni o‘zi ishlab chiqaradi. Havzaning o‘zi yil davomida ishlaydi, chunki u eng yangi isitish uskunalari bilan jihozlangan.

Hovuz va o‘quv mashg‘ulotlariga qo‘shimcha ravishda kompleksda qilichbozlik va sport zali, tibbiyot xonasi va musobaqa vaqtida sportchilarni joylashtirish uchun xonalar mavjud.

Mavzuga oid