Jahon | 01:09 / 31.10.2018
5257
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya Erondan elchisini chaqirtirib oldi

Daniya mamlakatda Eron maxsus xizmatlari noqonuniy faoliyat olib borayotgani haqidagi xabarlardan keyin Tehrondan elchisini chaqirtirib oldi. Bu haqda Daniya tashqi ishlar vaziri Anders Samuelsen ma'lum qildi. 

Avvalroq Daniya razvedka va xavfsizlik xizmati Eron maxsus xizmati Daniyada qotillik sodir etmoqchi bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Local mahalliy nashrining ma'lum qilishicha, qotillik sodir etmoqchi bo‘lishda eron millatiga mansub Norvegiya fuqarosi ayblanmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Axvozning ozod etilishi uchun kurashuvchi arab harakatining (ASMLA) Daniyadagi bo‘limi yetakchisiga suiqasd qilinmoqchi bo‘lgan. Ushbu guruh Eronning Xuziston viloyatida mustaqil arab davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlaydi. Eron hukumati ASMLA’ni terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritgan.

Mavzuga oid