Jahon | 00:45 / 31.10.2018
8422
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi  

Hindiston strategik kuchlari kichik masofalarga mo‘ljallangan va yadroviy zaryad tashiy oluvchi Agni-I ballistik raketasining modernizatsiya qilingan versiyasini sinovdan o‘tkazdi. 

Ma'lum qilinishicha, raketa Bengal ko‘rfazi, Abdul Qalam orolidagi poligonda joylashtirilgan pusk qurilmasidan otilgan. 

12 tonna keluvchi Agni-I raketasi 700-900 kmgacha ucha oladi. U ham yadroviy, ham oddiy jangovar kallak bilan jihozlanishi mumkin.

Hindiston strategik kuchlari qurollanishida bo‘lgan ushbu qurolning avvalgi sinovi 6 fevralda o‘tkazilgan. Ayni vaqtda Hindiston Agni-I majmuasining 75 taga yaqin pusk qurilmasiga ega.

Mavzuga oid