NASA Yerning Quyosh tomondan qanday ko‘rinishini namoyish qildi
AQShning NASA koinot agentligi sayyoramizning koinotda Quyosh tomondan olingan suratini namoyish qildi. Ushbu surat agentlikning rasmiy saytida joylashtirilgan.
Surat Quyosh tojini o‘rganishga mo‘ljallangan Solar Prober Parker zondidagi WISPR qurilmasi tomonidan olingan.
Ta'kidlanishicha, suratda olisda ko‘rinib turgan yorqin nuqta sayyoramiz hisoblanadi.
Surat kattalashtirilganda sayyoramiz yonida kichik nuqtani ilg‘ash mumkin, ta'kidlanishicha, bu Oydir. Surat Yerdan 43 mln km olisdan olingan.
Shuningdek, suratning pastki qismida ikkita yorqin jism – Betelgeyze va Bellatriks yulduzlarini ko‘rish mumkin. Ular suratga olish qurilmasi chekkasi akslanishi tufayli biroz cho‘zilib ketgandek ko‘rinish olgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.12.2024
NASA zondi Quyoshga rekord darajada yaqinlashadi
01:02 / 22.11.2024
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
00:32 / 25.10.2024