Jahon | 08:29 / 31.10.2018
8745
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Gruziya prezidentiga iltimos bilan chiqishdan bosh tortdi

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatning amaldagi prezidentiga afv etishni so‘rab murojaat qilishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Saakashvilining ma'lum qilishicha, jinoyat sodir etmagan hamda sudda o‘z huquqlarini himoya qilish niyatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Gruziyada hech qanday lavozimni egallash niyatida emas, biroq o‘zining faol pozitsiyasini ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvilini Qozog‘iston hukumatiga ishga olishni taklif qilishgandi.

Taldiqo‘rg‘anlik taniqli jamoat arbobi Nur Kanato‘g‘li Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili va uning jamoasini Qozog‘iston hukumatiga 5 yilga taklif qilishni tashabbusi bilan chiqdi.

Mavzuga oid