O‘zbekiston | 10:07 / 31.10.2018
12725
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston Nukusda chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Flickr

2018 yilning 24-30 oktabr kunlari Nukus shahrida (Qoraqalpog‘iston) O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining alohida uchastkalarida o‘tkazilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi hamda keyingi dala ishlarini o‘tkazish muddatlari kelishildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Mavzuga oid