Norov: O‘zbekiston Janubiy Koreya biznesi uchun «manfaat markazi»ga aylanish niyatida
O‘zbekiston Janubiy Koreya biznesi respublikada tobora ko‘proq sohada faol bo‘lishidan manfaatdordir. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlaar instituti direktori Vladimir Norov Seulda tashkil etilgan «Koreya-Osiyo 2018» xalqaro anjumanida shunday fikrlar bildirgan.
«O‘zbekiston jug‘rofiy ustunlikka egaligi sababli Janubiy Koreya biznesining Afg‘oniston va sobiq ittifoq, Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyoning boshqa bozorlariga chiqishda o‘ziga xos markaz bo‘lishga tayyor va bundan manfaatdor», – degan Norov.
U O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy siyosat Markaziy Osiyoning barcha hududida Janubiy Koreyaning ishtirokini kengaytirishga qulay muhit barpo etadi.
SMTI direktorining ma'lum qilishicha, J.Koreya O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat o‘rtasiddagi yillik tovar aylanmasi 1 mlrd AQSh dollaridan oshadi, jalb qilingan sarmoyalar hajmi 7 mlrd dollardir. J.Koreyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan jami tovar aylanmasida O‘zbekiston ulushi qariyb 50 foizni tashkil etadi.
«Bugungi kunda O‘zbekiston va J.Koreya o‘rtasida iqtisodiyotning turli sohalarida qator strategik muhim loyihalar muvaffaqiyatli yakunlandi va davom ettirilmoqda. Bu avtomobilsozlik, transport infrastrukturasi, neft-gaz sohasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tog‘-kon sanoati va boshqalardir», – deya qo‘shimcha qilgan Vladimir Norov.
Mavzuga oid
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlatilgan prezidenti yana so‘roqqa kelmadi
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
16:31 / 18.12.2024