Fan-texnika | 18:40 / 08.11.2018
7596
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi nomzod topdi

Foto: REUTERS

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o‘rniga direktorlar kengashining yangi rahbari bo‘ladigan nomzod aniqlandi. Bu haqda Tesla saytida ma'lum qilindi. Ushbu lavozimni shu paytga qadar direktorlar kengashiga mustaqil direktor sifatida kiritilgan Robin Denxolm egallaydi.

Robin Denxolm
Foto: Tesla

Ayni vaqtda Denxolm yana bir kompaniyada ham rahbar – u Avstraliyaning Telstra mobil operatorining moliya direktori va strategiya bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi.  

«Robin bizning jamoaga qo‘shilgani uchun unga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unga chuqur hurmatimni bildiraman. Hamkorlikda ishlashimizga umid qilaman», — deb yozdi Tesla asoschisi Twitter sahifasida.

Mask AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi bilan kelishuvga muvofiq Tesla kompaniyasidagi ikkita rahbarlik lavozimidan birini tark etishi lozim. U hozirda kompaniyaning bosh direktori ham hisoblanadi. 

Mavzuga oid