Jahon | 07:35 / 27.11.2018
11111
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp General Motors’dan korxonasini yopmaslikni talab qildi

Foto: AFP 2018 / Brendan Smialowski

AQSh prezidenti General Motors (GM) avtomobilsozlik kompaniyasidan zavodini yopayotgan Ogayo shtatiga qaytishni talab qildi. 

Avvalroq GM xarajatlarni kamaytirish maqsadida Shimoliy Amerikada, jumladan AQSh va Kanadadagi 5 ta zavodini yopishi va 14 ming ishchini qisqartirishini e'lon qilgandi.  

“Davlatimiz General Motors’ga ko‘p yaxshilik qilgan. Ular Ogayoga tezroq qaytsalar yaxshi bo‘lardi. Biz ularga katta bosim ko‘rsatmoqdamiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Trampning ta'kidlashicha, GM zavodlarini yopishida muayyan modellar yomon sotilayotganini sabab qilib ko‘rsatgan. “Men ularga aytmoqdaman – unda yaxshi sotiladigan mashinani olib, uni yana ishlab chiqarishga qaytaring”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Ishlab chiqarish, jumladan avtomobilsozlik sanoatini tiklash Trampning saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgan.

Mavzuga oid