Jamiyat | 11:53 / 03.12.2018
39074
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida 67 yoshli fuqaro relslarga tushib ketdi

Bugun, 3 dekabr kuni taxminan soat 8:45da «Pushkin» metro bekatidagi temiryo‘l relslariga 67 yoshli kishi yiqilib tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, IIB xodimlari shu zahotiyoq metro elektropoyezdini to‘xtatib, jabrlangan kishiga yordam ko‘rsatishgan. 

Yiqilgan kishi yengil tan jarohatlari olgan. Hodisaga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid