Nomi biz o‘ylagandan o‘zgacha bo‘lgan 17 ta buyum
Har bir mayda buyumning ham o‘z nomi bor – aniq va qisqa. Muammo shundan iboratki, u odatda tor doiradagi mutaxassislarga ma'lum bo‘ladi. Oddiy odamlar esa “kitobga solinadigan lentacha” yoki “laborant barmoqdan qon olish uchun foydalanadigan buyum” kabi bir necha so‘zlardan iborat birikmalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
Ana shu kabi buyum nomlari haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishga qaror qildik.
1. Skarifikator
Bahs boylashimiz mumkinki, bir marcha bo‘lsa ham qon olishda qo‘llaniladigan buyum qanday nomlanishi haqida o‘ylagansiz. Ana shu buyum skarifikator deb nomlanadi.
2. Shxera
Shxera — bu qo‘pol so‘z emas, bor-yo‘g‘i qoya va orollar o‘rtasidan o‘tgan tor bo‘g‘oz.
3. Megaskop
Megaskop – zargarlikda o‘rnini boshqa anjomlar bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan buyum. U kattalashtiruvchi oynaga ega bo‘lib, u qadar yirik bo‘lmagan qimmatbaho toshlarni baholash uchun mo‘ljallangan.
4. Slayder
Ko‘pchiligimiz kiyimlarni qadaydigan bu moslama – zipper ekanini bilamiz. Uning ustida yuradigan qulfning ham rasmiy nomi bor. U slayder deb ataladi.
5. Diastema
Tibbiyot xodimlari old tomondagi tishlar o‘rtasidagi yoriqni ana shunday ataydilar. U tish qatorining ko‘rinishini ancha xunuklashtiradi. Umuman olganda, zamonaviy stomatologiya diastemani vinirlar yordamida osonlik bilan niqoblash imkonini beradi.
6. Atomayzer
Pulverizatorli, atirni saqlash uchun mo‘ljallangan kichkina idish aynan shunday nomlanadi. Do‘konlarda bu kabi buyumlardan atir hidini sinab ko‘rish maqsadida foydalaniladi. Yo‘l uchun mo‘ljallangan shakli ham bor: og‘ir flakonni sumkada ko‘tarib yurmaslik uchun atirning biroz qismini atomayzerga quyib olinadi.
7. Postijyer
Bu g‘aroyib kasb egasi. U o‘z ish vaqtini tabiiy va sun'iy sochlardan pariklar ishlab chiqarish uchun sarflaydi.
8. Nyordl
Nyordl — tish pastasi tyubiki tagida qolgan qoldiqlar. Aynan uni olish uchun tyubikni bor kuchimiz bilan oxirigacha burashga to‘g‘ri keladi.
9. Misofoniya
«Misofoniya» so‘zma-so‘z tarjima qilinganida «tovushlarni yoqtirmaslik» deb ataladi. Bunday buzilishdan aziyat chekuvchi odamlar baland ovoz chiqarib taom iste'mol qilayotganlar va hatto nafas olayotganlarga ham jahl qiladilar. O‘zga odamning aksirishi, esnashi, xurrak otishi va hatto tirnoq olish vaqtida qaychining ovozidan ham jazavaga tushishlari mumkin.
10. Lyasse
Lyasse bu – maxsus lentacha. U qimmatbaho va sovg‘a uchun mo‘ljallangan nashrlar betiga qo‘yiladi. Oddiy xatcho‘pdan farqli ravishda u kitobni tayyorlash vaqtida kitobning o‘ziga mahkamlanadi.
11. Kenotaf
Kenotaf — bu bo‘m-bo‘sh xotira mozori. Bunday yodgorlik ko‘mish imkonsiz bo‘lganida (tana yo‘qotilgan, halok bo‘lish joyi noma'lum va h.k) kabi vaziyatlarda o‘rnatiladi.
12. Pendeltyur
Bu mayatnik ilgaklarda qimirlaydigan eshik bo‘lib, u harakat vaqtida va unga qarama-qarshi ravishda ochilishi mumkin. Ilgari bu kabi konstruksiyalarni kovboylar salunlarida uchratish mumkin bo‘lgan, hozirda ko‘pchiligimiz deyarli har kuni metrodan foydalanganda aynan u orqali o‘tamiz.
13. Pantograf
Tramvay tepasidagi metall buyum qanday nomlanishi haqida o‘ylangan bo‘lsangiz kerak. Simlar aynan unga mahkamlanadi. Bu detal «pantograf» deb nomlanib, tokni o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi.
14. Peladofobiya
Bu nom ostida sochsiz qolishdan qo‘rqish yashiringan. Aynan ushbu asabiy buzilish ayrim kishilarni boshidagi sochini deyarli har kuni «qayta sanab chiqishga» majbur qiladi.
15. Insigniya
Insigniya - bu qudrat va hokimiyatning tashqi belgilari (shohning hassasi, taxti, toji, davlati).
16. Kyorler
Bu kipriklarni burashda qo‘llaniladigan mitti anjom.
Siz ham oddiy buyumlarning g‘aroyib nomlarini bilasizmi?