Jahon | 14:55 / 14.01.2019
42422
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Eronga zarba berish rejalari ma'lum bo‘ldi

Foto: Adam Jan/AFP/Getty Images

AQShning Milliy xavfsizlik bo‘yicha kengashi 2018 yilda Pentagonga Eronda harbiy amaliyot o‘tkazish bo‘yicha so‘rov topshirgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda yozmoqda.

So‘rov sentabr oyida Bag‘dodda Tehron bilan hamkorlik qiluvchi jangarilar Amerika elchixonasi joylashgan tumanni minomyotlardan o‘qqa tutganidan keyin jo‘natildi. Nashr xabariga ko‘ra, milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi o‘rinbosari Mira Rikardel hujumni «harbiy harakatlar akti», deb atagan hamda Vashington xuddi shunday javob qaytarishi lozimligini ma'lum qilgan.

Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, Pentagonda bunday so‘rovni kutishmagan va hujjat «xodimlarni shokka solgan». Biroq, prezident ma'muriyati vakilining CNN’ga aytishicha, taklif ham harbiy mahkama, ham Davlat departamenti uchun syurpriz bo‘lmadi.

The Wall Street Journal ma'lumotiga ko‘ra, Pentagon ko‘rib chiqish uchun so‘rovni qabul qilgan. Shu bilan birga, Eronga zarba berish uchun qandaydir reja ishlab chiqilgani va u Oq uyga taqdim etilgani bo‘yicha aniq axborot yo‘q. Nashrning qayd etishicha, manbalar so‘ziga ko‘ra kengash Suriya va Iroqqa zarba berishni ham taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sohillari yaqiniga jangovar kemalarini jo‘natishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid