Jahon | 14:53 / 15.01.2019
27050
3 daqiqa o‘qiladi

Trampning NATOdan chiqish rejasi oshkor bo‘ldi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOdan chiqib ketish haqida o‘ylagan. The New York Times'ning yozishicha, bunday qaror Shimoliy Atlantika alyansining parchalanishiga teng bo‘lardi.

Prezident ma'muriyatidagi manbalar xabariga ko‘ra, 2018 yilda davlat rahbari bir necha marta shaxsiy suhbatlarda tashkilotdan chiqish istagini bildirgan. Gazeta suhbatdoshlari so‘zlariga ko‘ra, ular Tramp yevropalik ittifoqchilar bilan harbiy budjet bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli bu qaror haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi mumkinligidan qo‘rqishgan.

Xususan, 2018 yil yozida NATOga a'zo davlatlar yetakchilari sammiti vaqtida Amerika rahbari o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilariga alyansning mavjudligidan ma'no yo‘qligini aytgan hamda AQSh undan chiqib ketishini taklif qilgan. Shu bilan birga, nashrning yozishicha, Pentagon sobiq rahbari Jyeyms Mettis va milliy xavfsizlik bo‘yicha hozirgi maslahatchi Jon Bolton hamda boshqa maslahatchilar prezident rejalarini eslatmasdan, harbiy strategiyaning dastlabki yo‘nalishiga rioya etishga qo‘llaridan kelgancha urinishgan. Bu, ular fikriga ko‘ra, Vashingtonning Yevropadagi ta'sirini keskin pasaytirardi va kelajakda Rossiyaga «kuch berardi».

Hozirda yetakchining maslahatchilari uning NATOdan chiqib ketish istagi haqidagi ko‘plab bayonotlaridan xavotirda. Bunday tashvishlar Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv tafsilotlarini hatto o‘z yordamchilaridan ham yashirayotgani, shuningdek, FTBning ma'muriyat va Moskva aloqalariga doir surishtiruvi tufayli yanada kuchaymoqda.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashiga aloqador bo‘lgan, nashr boshqa suhbatdoshlari so‘ziga ko‘ra, alyansdan chiqish qarori «Vladimir Putinning eng jasoratli orzularini amalga oshirish», shuningdek, «epik ko‘lamdagi geosiyosiy xatolik» bo‘ladi.

Tramp bir necha bor a'zo davlatlarni harbiy xarajatlarning kamligi uchun tanqid qilgan. Amerika yetakchisi fikriga ko‘ra, NATO davlatlari harbiy ehtiyojlarga belgilangan 2 foiz o‘rniga YaIM 4 foizini ajratishi kerak. Bundan tashqari, 2024 yildan avvalroq ikki foizlik ko‘rsatkichga erishish lozim, bu tegishli deklaratsiyada ko‘rsatilgan.

AQSh NATOga YaIMning 3,58 foizini sarflaydi - qolgan hammadan ko‘p. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq siyosatshunos NATOni Rossiya tahdidiga qarshi birlashishga chaqirgandi.

Mavzuga oid