2018 yilda chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshdi
2018 yilda mamlakatdan chiqqan O‘zbekiston fuqarolarining soni keskin oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
O‘tgan yili mamlakatdan 13,8 million fuqaro chiqdi. Taqqoslash uchun 2017 yilda 6,8 mln, 2016 yilda 5,3 mln, 2014 yilda esa 4,8 mln kishi edi.
Shu bilan birga, ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 57,8% (8 mln kishi) erkaklar, 42,2% (5,8 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.
MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 13,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 96,2%ni tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kishi (yoki 3,8%) tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasiga 51,6% (7,1 mln kishi), Qirg‘iziston Respublikasiga 23,1% (3,1 mln kishi) va Rossiyaga 8,5% (1,1 mln kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSh, Germaniyaga tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoshlarni borib ko‘rish - 57,6%. Keyingi o‘rinda esa sayyohlik maqsadida - 2,9%, o‘qish maqsadida – 0,8%, davolanish, xizmat yuzasidan - 0,4%ni tashkil etadi.
O‘zbekistonliklarning qanchasi ishlash maqsadida ketgani ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:16
2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
10:56
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:48 / 20.12.2024