Tramp va Kim Chen Inning sammiti bo‘yicha rejalar oshkor qilindi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning xabar berishicha, rejaga ko‘ra AQSh va KXDR yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen In joriy yilning fevral oyi oxirida uchrashishi kerak. Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan va Vashington bu masala bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan.
«Mening fikrimcha, sammit [keyingi] oyning oxirida bo‘lib o‘tadi, reja shunday. Shimoliy Koreya tomoni bunga rozi bo‘ldi», - dedi Pompeo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mo‘ljallanayotgan sammit yordamida nafaqat Koreya yarim oroli yadrosizlanishi, balki «Shimoliy Koreya aholisining yorqin kelajagi»ga erishilishiga umid bog‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya KXDRga maxfiy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
11:50 / 01.12.2024
Belousov Kim bilan uchrashib, 9 may paradiga taklif qildi
16:34 / 30.11.2024
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
10:33 / 27.11.2024