Jahon | 16:56 / 06.03.2019
26387
1 daqiqa o‘qiladi
Putin xorij maxsus xizmatlarining Rossiya bilan bog‘liq rejalarini oshkor qildi
Xorij maxsus xizmatlari Rossiyada bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan o‘z ta'sirlarini kuchaytirishni istamoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX kollegiyasi yig‘ilishida. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, texnologik tusdagi ma'lumotlarga barcha yo‘llar bilan ega bo‘lishga harakat qilishmoqda», — dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatda xorij maxsus xizmatlarining 129 nafar xodimi va 465 nafar agentining faoliyatiga chek qo‘yilgan.
FXX kollegiyasi har yili idoraning Lubyankadagi qarorgohida o‘tkaziladi. Putin 1998-1999 yillarda ushbu idorani boshqargan.
Mavzuga oid
15:18 / 07.01.2025
Rossiyada «chet el agentlari» 1,5 yilda 25 mln rubl jarimaga tortildi
12:38 / 18.12.2024
Ukraina F-16 va HHMni kuzatib borgan RF agentlarini fosh qildi
10:09 / 04.12.2024
Serbiya parlamentiga «chet el agentlari» haqidagi qonun loyihasi kiritildi
10:40 / 26.11.2024