Kobuldagi terakt 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Kobulda 7 mart kuni sodir etilgan hujumda kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 95 kishi yaralandi. Bu haqda Pajwok axborot agentligi xabar berdi.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyning ta'kidlashicha, tergovning dastlabki natijalariga ko‘ra, hujum “Tolibon” tomonidan amalga oshirilgan. Uning ma'lum qilishicha, bir gumonlanuvchini ushlashga muvaffaq bo‘lingan, yana ikki nafari xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan.
7 mart kuni Kobulda bir nechta portlash sodir etilgan. Poytaxt g‘arbida mujohidlar yetakchisi Abdulla Ali Mozoriy o‘limining 24 yilligi munosabati bilan o‘tayotgan marosimda hujum sodir etilgan. Marosimda afg‘on siyosatchilari ham ishtirok etgan. Noma'lum kimsalar 13-politsiya bo‘limini minomyotdan o‘qqa tuta boshlagan. Birinchi portlash Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla nutqi vaqtida yangragan. 1TV telekanali hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:59 / 18.12.2024
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi
22:06 / 17.12.2024
«Bunaqasini faqat kinolarda ko‘rganmiz» – Farg‘onadagi portlash guvohlari
13:02 / 05.12.2024
O‘rta Chirchiq tumanidagi korxonada portlash: 1 kishi vafot etdi, 6 kishi shifoxonaga yotqizildi
08:10 / 04.12.2024