Jahon | 20:04 / 31.03.2019
18207
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar amiri Arab davlatlari ligasi sammiti ochilishini to‘satdan tark etdi

Foto: RIA Novosti

Qatar amiri Tamim Ol Soniy Arab davlatlari ligasining Tunisdagi sammiti ochilishini tabrik nutqini aytmagan holda to‘satdan tark etdi.  

Qatar yangiliklar agentligining xabar berishicha, amir arab davlatlari yetakchilari yig‘ilishi o‘tayotgan zalni tark etib, aeroportga jo‘nagan. 

30 martda Qatar amiri qo‘shni davlatlar bilan ziddiyatlarga qaramasdan sammitda o‘z davlati delegatsiyasiga boshchilik qilishi ma'lum bo‘lgandi.

Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr 2017 yilda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Bu davlatlar Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, unga qarshi transport blokadasi kiritishgan. Biroq Tunis arab davlatlarining bu qarorini qo‘llab-quvvatlamay, aksincha Doha bilan yanada yaqin aloqalar o‘rnatgan. 

Mavzuga oid