Jahon | 10:05 / 21.05.2019
10229
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan 8 marta murojaat qilgan

Foto: EPA

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh Tehronni bir necha marotaba muzokaralar boshlashga chaqirgan, davlat departamenti esa 8 ta rasmiy murojaat yo‘llagan. Bu haqda 20 may kuni Ruhoniy matbuot xizmati ma'lum qildi.   

Ruhoniy Eron iqtisodiy urush holatida turgani va mamlakat AQShga qarshilik ko‘rsatishi kerakligini aytgan.
 
“Men muzokaralar va diplomatiyani qo‘llab-quvvatlayman, biroq hozirgi sharoitlarda buni o‘rinli deb hisoblamayman. Mening BMTga avvalgi safarim vaqtida dunyoning hammaga ma'lum 5 yetakchisi AQSh prezidenti bilan muzokaralarda vositachilik qilishni taklif qildi. Ularning davlat departamenti ham bizga iltimos bilan 8 marta murojaat qilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Ruhoniy.
 
Eron prezidentining aytishicha, Vashingtonning taklifiga qaramasdan, “bugun muzokaralar o‘tkazish emas, qarshilik va matonat ko‘rsatish vaqtidir”.

Mavzuga oid