«Paxtakor» OChL antirekordini o‘rnatdi
Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasining joriy mavsumida ham guruh bosqichidan o‘ta olmadi.
«Sherlar» guruh bosqichining 6-turida Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» klubiga qarshi o‘zini durang natija ham qoniqtiradigan o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida gol o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruhda saudiyaliklarni oldinga o‘tkazib yuborib, guruhda qolib ketdi. Guruhda Qatarning «As-Sadd» klubi 10 ochko bilan 1-o‘rin, «Al-Ahliy» 9 ochko bilan 2-o‘rinni egallab pley-offga chiqdi, «Paxtakor» 8 ochko bilan uchinchi bo‘ldi.
Shu tariqa, «Paxtakor» OChL tarixida 10 marta guruh bosqichida qolib ketgan ilk klubga aylandi. Bundan yomonroq natija faqat Qatarning «Ar-Rayyan» (9 marta, bu klub umuman guruh bosqichidan o‘ta olmagan) va Eronning «Sepahon» (8 marta) klublari tomonidan qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, «Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasida jami 15 marta ishtirok etgan (bu borada faqat Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi toshkentliklar bilan tenglasha oladi). Toshkent jamoasi ikki marta yarim finalga yetib borgan, bir marta chorak finalda va bir marta nimchorak finalda ishtirokini to‘xtatgan, yana bir marta pley-off bosqichida yutqazgan.
Mavzuga oid
17:46 / 25.12.2024
«Paxtakor» Igor Sergeyev jamoaga qaytganini e’lon qildi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024