Xitoyda AQShga qarshi kayfiyatlar avj olmoqda – OAV
AQShning Google kompaniyasi va Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan keyin Xitoyda AQShga qarshi kayfiyat avj olmoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Jumladan, Xitoyda Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo urushi haqidagi qo‘shiq ommalashmoqda. Qo‘shiq “Savdo urushi” deb nomlanib, unga 1960-yillarning “Yer osti urushi” filmidagi Yaponiyaga qarshi qo‘shiq musiqasi asos qilib olingan.
Bundan tashqari, Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari xalqni xorijiy bosimga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga chorlovchi materiallarni chop etmoqda. Mahalliy Global Times nashri tahririyati AQSh bilan savdo ixtilofini “xalq urushi” va butun Xitoyga xavf deb atagan.
Faollar xitoyliklarni AQShda eng yuqori qiymatdagi boj solingan mahsulotlarni iste'mol qilish va xarid qilishga chaqirishmoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024