O‘zbekiston | 14:07 / 27.05.2019
6199
2 daqiqa o‘qiladi

«Maxsustrans» ilk bor qariyb 300 mln so‘mlik sof foydaga erishdi

Foto: KUN.UZ

Chiqindilarni yig‘ish, utilizatsiya qilish, poytaxtning sanitariya va gigiyena holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar “Maxsustrans” IChB tomonidan olib boriladi.

Ma'lumot uchun: Toshkentda bir sutka davomida mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi chiqariladi. Bu 45 ta temiryo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.

Joriy yil boshidan maishiy chiqindilar to‘planadigan shoh ko‘chalarga, mahallalarga, korxona va tashkilotlarga 100 dan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi qutilar, transport vositalariga sun'iy yo‘ldosh orqali kuzatuv uskunalar, yangi yer osti innovatsion shoxobchalar o‘rnatildi. 

Aytish joizki, ushbu tadbirlarning barchasi aholidan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirildi. Uzoq yillar davomida ilk bor “Maxsustrans” IChB DUK tomonidan ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkich qayd etildi, ya'ni 282 million so‘mlik sof foydaga erishildi.

2019 yil davomida korxona tomonidan  Toshkent shahrida yana 10 ta zamonaviy yer osti chiqindi yig‘ish maydonchalari quriladi, 11 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari rekonstruksiya qilinadi, 220 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari joriy ta'mirlanadi, 322 dona 750 litr hajmdagi va 230 dona 1100 litr hajmdagi konteynerlar yangilanadi.

Yakka tartibdagi xonadonlarga shartnoma asosida 500 dona yangi tipdagi 120 litr hajmdagi plastik qutilar o‘rnatiladi.

Mavzuga oid