Light | 10:30 / 25.06.2019
19716
6 daqiqa o‘qiladi

Siz yetakchimisiz yoki o‘zingizni shunchaki yetakchidek tutyapsizmi?

Foto: Harvard Business Review

Endilikda biz yetakchilarga unchalik muhtoj emasmiz - biroq biz istagan yetakchilar judayam kam.

Biz yetakchilik aslida nima ekanini go‘yoki unutgandekmiz va uni boshqa narsa bilan adashtiryapmiz, deb yozadi Harvard Business Review.

Yetakchi bo‘lmaslik nima? Bu birinchidan, omma oldida chiqishlar qilmaslik. Yetakchilik yuz ishorasini to‘g‘ri holatga keltirish, qatorlarni to‘g‘ri eslab qolish, mos keluvchi fursatlarda mushtni tugish emas. Bu mohiyat. Farqini tushuntirishga izn bering. Vaziyat ssenariyda yozilganidan chetga chiqishni, tomoshabin o‘rnidan turishni yoki teatr devorlari buzilishni boshlaganida nima yuz beradi? Aktyor improvizatsiya qilishni bilmasa, falajlik holatida qoladi. Bugungi kunda guvohi bo‘layotgan holatimiz ham xuddi shunday: yetakchi xoh siyosiy, xoh ijtimoiy, madaniy va korporativ bo‘lsin, noaniq dunyodagi murakkab davrda falajlik holatida qoladi. Shuning uchun ssenariylarni o‘rganamiz, qatorlarni yodlaymiz, mushtimiz burchaklarini sinchkovlik bilan tekshiramiz.

Oddiy bir misol keltiramiz. O‘n yil muqaddam hech kim Nokia ro‘zg‘ordagi eski xotiraga aylangan buyumdek bir nomga aylanishini bashorat ham qila olmasdi. Shunga qaramay, qulash yuz berdi, Nokia yetakchilari o‘zlarini ishonch beruvchi, o‘ziga ishongan, xotirjam, chiroyli nutqlar so‘zlovchi yetakchilar kabi tutishgan bo‘lsa-da, yetakchi emasdilar. Ular kelajak kompaniyasini yaratish uchun bajarishlari kerak bo‘lgan ishni amalga oshirmadilar. Chunki kelajak noaniq va bu holat kishini ayrim hollarda qat'iyatsiz, qo‘pol va ahmoq bo‘lib ko‘rinishga majbur qiladi.

Yetakchilik “yuqori samaraga ega bo‘lish”da ham namoyon bo‘lmaydi. Shunga qaramay,   yetakchilarni daromadlarni oshiruvchi va maqsadlarga erishuvchi kishilar orasidan izlaymiz. Biroq yetakchining asosiy vazifasi – kechagi vazifalarni yanada samaraliroq bajarish ham emas. Yetakchilik unumdorlik g‘oyasini to‘laqonli anglash demakdir. O‘ylab ko‘ring: Ebay asoschisi Per Omidyar (Pierre Omidyar) ehtimol Sotheby’ning buyuk auksionchisiga aylanmasdi. Vikipediya muassislaridan biri Jimmi Uels (Jimmy Wales) Britaniya ensiklopediyasi bosh direktorligi lavozimidan chetlashtirilgan bo‘lardi. Craigslist asoschisi Kreyg Nyumark e'lonlarning yaxshi muharririga aylanmasligi ham mumkin edi.

Agar maqsadimiz ana shunday yetakchilarni aniqlash va rivojlantirish bo‘lsa, ularni eng yaxshi ijrochilar orasidan topa olmaymiz. Biroq ular natijalar qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasavvurlarimizga tahdid soluvchilar orasida mavjud bo‘lishi ehtimoli bor. Agar “a'lochilar”nigina yetakchilik sari olg‘a sursak, undan ko‘prog‘i qo‘lga kiritilmaganiga hayron qolishimiz kerakmikan?

Shu bilan birga yetakchilar afzalliklarga umid bog‘laydigan, maqsadi hokimiyatni qo‘lga kiritish va keyin uni saqlash bo‘lgan oddiy siyosatchilar emas. Yetakchilarning ishi hokimiyatni qo‘lga kiritish emas, aksincha imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat. Yetakchining vazifasi tomoshaning o‘zi oddiy spektakldan iborat bo‘lmaydigan reallikni yaratish, tahdid, ko‘ndirish va zabt etish siyosatini yuritish emas,  balki odamlar e'tiborini ular ishlarining mohiyati va maqsadiga qaratishdan iborat.

Yetakchilar odamlarning imkoniyatlarini yuksak maqsad vositasida kengaytirganida o‘z ortidan ergashuvchilarni zabt etish uchun marketing taktikalarini qo‘llashlari zarur bo‘lmaydi. O‘zini turtkich sifatida tutuvchi yetakchilar imtiyozlar, bonuslarni ishga solishadi. Yetakchilar savdogar emas. Stiv Jobs Jon Skalliga o‘zining mashhur “Siz hayotingizning qolgan qismini qanday o‘tkazishni istaysiz: shirin suv sotish bilanmi yoki dunyoni o‘zgartiribmi?” savoli bilan murojaat qilganida ana shu tafovutni ko‘rsata oldi. Shirin suvni sotish sizga bir necha dollar keltirishi mumkin - biroq faqat haqiqatan ham arzirli biror nimani amalga oshirish orqali. Yetakchining maqsadi esa maqsad yaratishdir.

Qanchalik ilhomlantiruvchi bo‘lmasin, yetakchining ishi ilhomlantiruvchi nutqlar so‘zlashdan iborat ham emas. Yetakchi vaqti-vaqti murdadek qotib qolgan odamlarning orqasiga shapatilab turadigan notiq ham emas. Yetakchining vazifasi haqiqatan ham odamlarga ilhom berish, biroq ana shu so‘zning asl ma'nosida. Yetakchilar o‘zlari boshqarayotgan tashkilotlar, o‘zlari mas'ul bo‘lgan kishilarga jon bag‘ishlaydilar. Ular o‘zga kishilarga jur'at qilish, tasavvur etish, yaratish va qurish imkonini berishadi. Ular bu yo‘lda bizni ruhlantirish bilangina cheklanishmaydi. Ularning murakkab vazifasi rag‘bat, jarayon va vazifalarni yaratishdan iborat.

Yetakchilikning aniq o‘rni yo‘q. Biz yaxshi yetakchilarni intiqlik bilan kutamiz. Ehtimol muammo aynan bizning intilishimiz bilan bog‘liqdir. O‘zimizni sotib olishlari evaziga qutqarilishimizni kutamiz. Chunki biror ishni yaxshiroq amalga oshirishdan ko‘ra yetakchilar ustidan shikoyat qilish osonroq. Oxir-oqibat, yetakchilik darhaqiqat qiyin ish.

Mavzuga oid