Jamiyat | 12:58 / 24.07.2019
6856
1 daqiqa o‘qiladi

119 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan uch nafar shaxs ushlandi

Joriy yilning 9 iyul kuni Buxoro shahrida yashovchi 27 yoshli H.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 iyuldan 8 iyul soat 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Buxoro viloyatining Kogon tumani hududida joylashgan “Buxoro bahor plast” MChJ binosining ikkinchi qavatida joylashgan omborxonasi eshigini buzib kirib, u yerdan 119 mln. so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchilar 25 yoshli A.N., B.I. va 35 yoshli A.Sh. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Mavzuga oid